Bizning platformamiz orqali siz o‘z mebelingizni individual o‘lchamlarga moslashtirishingiz, uning narxini bir zumda bilib olishingiz va istasangiz, darhol buyurtma berishingiz mumkin. Quyidagi videolavha orqali Siz maxsus onlayn-konstruktorimizdan qanday foydalanish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lasiz videolavha.
Siz bizga murojaat qilishingiz yoki o‘zingiz xohlagan mebelning eskizini yuborishingiz mumkin va menejerlarimiz buyurtmani o‘zlari tuzib berishadi. Sizga faqat uni tasdiqlash qoladi. Biz doimo sizga yordam berishdan mamnunmiz!
Bizning asosiy ishlab chiqarishimiz Toshkent shahrida joylashgan. Boshqa hududlarga yetkazib berishda ehtimoliy muammolarni oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz. Bizga murojaat qilishingiz va yetkazib berish jarayoni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Platformamiz orqali biz har bir mijozimizga o‘z mebelini individual o‘lchamlarga moslashtirish, uning narxini bir zumda bilib olish va darhol buyurtma berish imkoniyatini ham taqdim etamiz. Bu esa uzoq kelishuvlar va menejerlar bilan muloqotni talab qilmaydi. Jarayonni imkon qadar sodda, tushunarli va qulay qilishga harakat qildik.
Shu bilan birga, savollar yoki shubhalar qolishi mumkin. Har qanday holatda ham, menejerlarimiz buyurtmani siz to‘lov qilishingizdan oldin tekshiradilar va kerak bo‘lsa, aniqlashtiruvchi savollar beradilar.
Siz buyurtmangizni qabul qilib olganingizdan so‘ng, mebelingizni mustaqil ravishda yig‘ishingiz yoki bizning mebel yig‘ish xizmatlarimizdan foydalanishingiz mumkin, Jamoamizdagi malakali yig‘uvchilar sizga mebelingizni to‘g‘ri va mustahkam yig‘ishga yordam beradi.
Ha, biz buyurtmani shunday tayyorlaymizki, uni qabul qilib olganingizdan so‘ng mebelingizni yig‘ish uchun sizga tornavida (отвёртка, шуруповерт)dan boshqa hech narsa kerak bo‘lmaydi.
O‘lchov olish – bu juda mas’uliyatli ish, lekin mebel o‘lchamlarini hisoblashda xatoga yo‘l qo‘yishdan qo‘rqish yoki xavotirlanish kerak emas. Chunki, odatda, xavotir va qo‘rquv bir qarashda sizga murakkabdek ko‘ringan ishni yanada qiyinlashishiga sabab bo‘ladi. Biz buni inobatga olgan holda siz uchun mebel o‘lchamlarini to‘g‘ri hisoblashga oid tavsiyalarimizni alohida maqola ko‘rinishida yozib qoldirdik. Siz ushbu tavsiyalarimizdan foydalanib, mustaqil ravishda mebel o‘lchamlarini hisoblashingiz yoki menejerlarimiz orqali o‘lchov olish xizmatidan foydalanishingiz mumkin .
Ishlab chiqarishda biz faqat mebel jihozlari tayyorlanadigan xomashyolarning o‘lchamlari bilan cheklanganmiz. O‘lchamlar bo‘yicha cheklovlar onlayn-konstruktorda avtomatik ravishda inobatga olinadi.
Bunday holatda, biz bir nechta shkafni buyurtma qilib, ularni yonma-yon yoki bir-birining ustiga qo‘yib joylashtirishni taklif qilamiz. Muhimi, ularni bir-biriga mustahkamlashdir.
Siz faqat kerakli obyektingizni bizning onlayn-konstruktorimizda loyihalashtirib, uni savatchaga qo‘shishingiz kerak. Keyin biz sizning buyurtmangizni tekshirib, bank kartasi orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini faollashtiramiz. Bu xavfsiz, lekin agar siz internetda karta bilan to‘lov qilishdan xavotirda bo‘lsangiz, bizga murojaat qilishingiz va to‘lov jarayoni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
LDSP (Ламинированная древесно-стружечная плита – ЛДСП) — bu yog‘och qiytimlaridan tayyorlangan zamonaviy va universial xomashyo bo‘lib, mebel sanoatida keng qo‘llaniladi. LDSP har xil xonalar, shu jumladan, bolalar xonalarida ham foydalanish uchun xavfsiz hisoblanadi.
Albatta! Biz har qanday shkaf, stol yoki oshxona mebellarini ishlab chiqarishimiz mumkin. Agar onlayn-konstruktor orqali siz istayotgan mebelni yaratish imkoni bo‘lmayotgan bo‘lsa va bizning katalogimizda unga o‘xshash variant topilmasa, bizga murojaat qiling va biz sizning maxsus buyurtmangizni birgalikda muhokama qilamiz.
Ha, biz oshxona mebellarini ham ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz. Bizga murojaat qilishingiz va menejerlarimiz orqali bunga oid barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Ishlab chiqarishni tezlashtirish va xarajatlarni kamaytirish maqsadida onlayn-konstruktorimizda ranglar tanlovi cheklangan. Ammo siz, mebelingiz uchun boshqa rangni xohlayotgan bo‘lsangiz, buyurtma izohlarida istalgan rangni ko‘rsatishingiz mumkin va biz siz bilan bog‘lanib, bu rangdagi mebelni tayyorlash imkoniyati mavjudligi hamda narxi to‘g‘risida sizga ma’lumot beramiz.
Ha, biz jismoniy va yuridik shaxslar bilan ham ishlaymiz. Agar siz yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsangiz, siz uchun to‘lov hisobini chiqarishimiz mumkin.
Hozirgi vaqtda biz 100% oldindan to‘lov bilan ishlayapmiz. Kompleks buyurtmalar uchun maxsus shartlar bo‘yicha kelishish mumkin. Bizga murojaat qilishingiz va menejerlarimiz orqali bunga oid barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Shunchaki biz bilan qulay bo‘lgan usulda bog‘laning yoki buyurtmani tasdiqlash uchun menejerimizning siz bilan bog‘lanishini kuting.