Noyob mebellarni yaratish yoki katalogimizdan tayyor modellarni tanlash orqali siz kompaniyamiz oldida ishonchli sherikga ega bo'lasiz. Biz har bir bosqichda — dizayn tanlovidan tortib yetkazib berishgacha sifatli xizmatni taqdim etamiz. Bizning maqsadimiz jarayonni siz uchun iloji boricha qulay va tushunarli qilishdir.

1. Buyurtmangizni tekshiramiz

Bizning onlayn-konstruktorimizda mebel loyihangizni yaratganingizdan keyin yoki katalogdan tayyor modelni tanlab, buyurtma berganingizdan so‘ng, biz uni tekshirib, barcha zaruriy ma’lumotlarni, shuningdek, to‘lov uchun havolani sizga taqdim etamiz.

2. To'lov qilish

To‘lov maxsus ilovalar orqali amalga oshiriladi va to‘lovdan so‘ng siz rasmiy elektron kassa chekini olasiz. To‘lovlar faqat bankning xavfsiz tizimi orqali amalga oshiriladi, shuningdek, barcha tranzaksiyalar himoyalangan bo‘ladi. Elektron kassa cheki rasmiy hujjat hisoblanadi va to‘lovning tasdiqlanishi ta’minlaydi. Biz buyurtmalarni tayyorlashni faqat 100% oldindan to‘lovni qabul qilgandan keyin boshlaymiz.

3. Yetkazib berish

Biz mahsulotlarni mamlakatning istalgan hududiga transport kompaniyalari orqali yetkazib beramiz. Yetkazib berish terminallarga, yashash manzilingizga yoki buyurtmangizda ko‘rsatilgan manzilgacha amalga oshirilishi mumkin. Yetkazib berish narxi mebelning o‘lchamlari (odatda, yig‘ilmagan holda jo‘natamiz), ularning og‘irligi va yetkazib berish manziliga bog‘liq. Aniq summa va yetkazib berish muddati haqida bizning menejerimiz buyurtma tasdiqlanish jarayonida ma’lumot beradi.

Shuningdek, siz buyurtmangizni Toshkent shahridagi ishlab chiqarish joyimizdan olib ketishingiz ham mumkin. Bunda, tashrifingizdan oldin bizga habar berishingiz lozim.

Qo'shimcha xizmatlar

Mebelni yig‘ish xizmati

Mebelni yig‘ish xizmati hozirda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida mavjud. Xizmat narxi shaharlarda buyurtma narxining 15% ni tashkil qiladi (minimal summa 500 000 so‘m).

Shu bilan birga, siz yo‘riqnomadan foydalanib, mustaqil ravishda o‘z mebelingizni oila a’zolaringiz bilan birga yig‘ishingiz mumkin. Yig‘ish jarayoni o‘ta sodda va maroqli bo‘lib, har bir oila a’zosi uchun qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Bu jarayon nafaqat ijodkorlikni rivojlantiradi, balki oila a’zolarini yanada yaqinlashtiradi va unutilmas xotiralarni hadya qiladi!

Mebelni o‘lchamlarini hisoblash xizmati

Oshxona mebellari va shkaflar uchun o‘lchov xizmati bepul taqdim etiladi. Kichik obyektlar uchun xizmat pullik bo‘lib, narxi 300 000 so‘mni tashkil qiladi. Odatda, mijozlarimiz bu xizmat turidan kamdan-kam hollarda foydalanadilar, chunki, mijozlarimiz bizning o‘lchovlar bo‘yicha tavsiyalarimizga asoslanib, mustaqil ravishda o‘zlari o‘lchovlarni olishni ma’qul ko‘radilar.

Barcha savollaringizga javoblar

O'zingizning orzuingizdagi mebelni yaratish qanchalik oson ekanligini bilib oling, buyurtmangiz uchun to'lovni amalga oshiring va yetkazib berishni tashkil qiling